6 May 2022 yil 508

Asaka tumanida profilaktika kuni munosabati bilan o‘quvchi yoshlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi

Asaka tumanidagi 25-IDUMIda "Payshanba profilaktika kuni" munosabati bilan maktab-internatiga tuman IIB dan biriktirilgan pedagog-psixolog katta leytenant Z.Akbarova bilan birgalikda o‘quvchi yoshlarni kitobga, xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida "Kitob va kitobxonlik - inson maʼnaviyati ko‘zgusi" va "Chet tilida eng ko‘p so‘z aytib berish" bo‘yicha tuman XTB masʼullari bilan hamkorlikda musobaqa o‘tkazildi.

Shuningdek, "Maʼnaviyat oyligi" hamda "Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi" doirasida hamda o‘quvchi yoshlar bilan savol-javoblar orqali psixologik trening tarzida davra suhbatlari ham tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech