18 Iyun 2022 yil 470

Asakada sportning bel olish turi bo‘yicha viloyat musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Asaka tumanida yoshlar o‘rtasida sportning "Bel olish" turi bo‘yicha "viloyat hokimi kubogi" uchun musobaqalar o‘tkazildi. Mazkur musobaqalarda viloyatimizdagi barcha tumanlardan sportga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Umumjamoa hisobida 1-o‘rin Asaka, 2-o‘rin Oltinku‌l hamda 3-o‘rin Shahrixon tumanidan kelgan yoshlar egalladilar.

Musobaqalar yakunida g‘oliblar tumani IIB Boshlig‘i S.Umarov tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech