1 Noyabr 2022 yil 469

Ayolning yonidan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari aniqlandi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB JQB hamda Andijon viloyati IIB JXX JTSB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, o‘zini shubhali tutgan Andijon shahrida yashovchi ayol fuqaro M.M.ning yoni ko‘zdan kechirilganida, 5 dona “Sibazon”, 1 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari hamda 13 turdagi boshqa dori vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan qo‘shimcha tezkor surishtiruv xarakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech