1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Andijon viloyati IIB qoshidagi 15-sonli “Paxtaoy” maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan ichki ishlar xodimlarining farzandlariga viloyat qo‘g‘irchoq teatrida “Jasurbekning hiylasi” nomli spektakl namoyish etildi.
Andijon viloyati IIB maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tomosha bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: