19 Mart 2020 yil 1187

D I Q Q A T T A N L O V!

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Andijon viloyati ichki ishlar organlarining quyi tizimlarida mavjud lavozimlarni munosib nomzodlar bilan jamlash maqsadida ofitserlik lavozimlariga ishga qabul qilish uchun dastlabki tanlovlar o‘tkazilishini e'lon qiladi.

Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan,(shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham) oliy ma'lumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan erkaklar hamda bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar qabul qilinadi.

Dastlabki tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 18 mart kunidan 28 mart kuniga qadar hududiy ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.

  

Murojaat uchun telefon:  74-223-88-89

 

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi

Text to speech