"Yoshlar haftaligi" doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Ichki ishlar vazirining 2024-yil 13-dekabr kungi tegishli farmoyishiga asosan 18-25 dekabr kunlari "Yoshlar haftaligi -2024" tadbiri o‘tkazilishi belgilangan. Haftalik doirasida yosh xodimlar o‘rtasida turli sport musobaqalari hamda ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shunga asosan yosh xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqaning yakuniy natijasiga ko‘ra, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimi safdor Ulug‘bek Halilov 3-o‘rinni, andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimi safdor Rustam Otaxonov 2-o‘rinni hamda Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB xodimi kichik serjant Izzatillo Teshaboyev esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan yosh xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Yosh xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish,ular o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib qilish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati