21 Iyun 2025 yil 22

“Yoshlar oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohati tashkil etildi

“Yoshlar oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan bir guruh yosh xodimlarning Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohati tashkil etildi.

Bu yerda ular viloyatimiz tarixi, yuksalish pog‘onalari,o‘tmishdagi davri, o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan buyumlar va osori atiqalarni ko‘zdan kechirish hamda shu kabi qiziqarli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib, bu boradagi o‘z bilimlarini mustahkamladilar.

Yosh xodimlar o‘rtasida bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech