5 Iyun 2025 yil 752

“Yoshlar oyligi” doirasida ichki ishlar organlarining yosh xodimlari hamda o‘quvchi-yoshlar uchun viloyat IIBning “Shon-sharaf” muzeyiga sayohat tashkil etildi

Andijon viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.  

Xususan, “Yoshlar oyligi” doirasida Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyiga ichki ishlar organlarining yosh xodimlari hamda IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Unda yosh xodimlar va  o‘quvchilar O‘rta Osiyo, xususan, Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoiylar, o‘tgan har bir davrning voqea hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari, boshqarmada tashkil etilgan “Xotira maydoni”dagi yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘lgan mard o‘g‘lonlar xotirasi yodga olindi.

O‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar xodimlar hamda o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish hamda ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshishiga xizmat qiladi.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech