5 Iyun 2025 yil 731

“Yoshlar oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Suzish” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Ichki ishlar organlarining yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarini umummilliy maqsad – “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etish yo‘lida yagona kuch sifatida birlashtirish maqsadida, Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan, ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning iyun oyligi “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilindi.

Mazkur oylik doirasida ichki ishlar organlari yosh xodimlarining ma’naviy va ma’rifiy dunyoqarashini oshirish, iqtidorli xodimlarni aniqlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida intellektual va sport o‘yinlari, turli tanlov, musobaqa hamda boshqa tadbirlar tashkil etilishi belgilangan. Shu munosabat bilan, yosh xodimlar o‘rtasida sportning “Suzish” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqa natijasiga ko‘ra, Qo‘rg‘ontepa tumani IIB 2-son ichki ishlar bo‘linmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori leytenant Fayzullo Xabibullayev 3-o‘rinni, Asaka tumani IIB 1-son ichki ishlar bo‘linmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori katta leytenant Sarvarbek Meliqo‘ziyev 2-o‘rinni hamda Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB Tezkor-qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakili kapitan Sherzodbek Zuxriddinov esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech