Yoshlarning hayot uchun xatarli boʼlgan oʼtkir tigʼli pichoq yoki boshqa sovuq qurollarni olib yurishiga nima sabab boʼlyapti?
Аsaka tumani ichki ishlar boʼlimi xodimlari tomonidan oʼtkir tigʼli jismlardan foydalangan xolda sodir etilishi mumkin boʼlgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida “TIGʼ” profilaktik tadbirlari oʼtkazilib kelinmokda. Xususan, 2020 yilning 7 mart kuni olib borilgan ishlar natijasida Аsaka tumanida yashovchi voyaga yetmagan fuqaro O.J.ning maktab sumkasi tekshirib koʼrilganda 5 dona kora rangli oʼtkir tigʼli “ChАLАBZАR” nomli pichoqlar borligi aniklangan. Ushbu oʼtkir tigʼli jismlar kelgusida tekshirib koʼrishlik uchun tuman ichki ishlar boʼlimi ixtiyoriga olinib, fuqaro O.J. bilan tegishli tartibda profilaktik ishlar olib borilmokda.
Ushbu holat boʼyicha Аsaka tumanida Аndijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan muhokama yigʼilishi oʼtkazildi. Unda tumandagi barcha umumtaʼlim maktablarining direktorlari qatnashdilar. Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik M.Nishonov soʼzga chiqib, bugungi kunda yoshlarning hayot uchun xatarli boʼlgan oʼtkir tigʼli pichoq yoki boshqa sovuq qurollarni olib yurishiga nima sabab boʼlayotganligiga alohida urgʼu qaratdi. Xususan, bu holatga psixologik tomondan qaraganda oʼquvchida oʼziga boʼlgan ishonchsizlik, atrof-muhitning salbiy taʼsiri, yon-atrofidagi doʼstlarining nosogʼlom yondashuvi, shuningdek, oilaviy shart-sharoiti, bolaga nisbatan ota-onaning nazoratsizligi asosiy sabab ekanligi hayotiy misollar orqali taʼkidlandi.
Shuningdek, voyaga yetmagan yoshlar oʼrtasida sodir etilayotgan turli jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar tahlil qilinganda aksariyat hollarda jinoyatchilikka moyillik oʼquvchining oilaviy muhitiga bogʼliq boʼlayotganligi, bunday muhitda oʼsayotgan bola boshqalar bilan koʼp janjallashishi, oʼgʼrilik, bezorilik kabi jinoyatlarga qoʼl urishi kuzatilayotganligi, ularga alohida eʼtibor berib, oʼz oilasida koʼrmagan mehr bilan tarbiyalash zarurligi bugungi kunda taʼlim muassasalari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi aytib oʼtildi.
Muhokamada “Maxalla va oilani kullab kuvvatlash” boʼlimi boshligʼi M.Kurbonova hamda 51-umumiy urta taʼlim maktabi direktori R.Yuldashevlar bugungi kunda jinoyatchilikni oldini olish boʼyicha amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan oʼzining fikr va mulohazalarini bildirib oʼtdilar.Tadbir soʼngida oʼkuvchilarning boʼsh vaktlarini mazmunli tashkil etish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, maxalla, oila va maktab oʼrtasidagi alokani yanada kuchaytirish, ota-onalar bilan doimiy aloqa oʼrtatish kabi masalalar boʼyicha taʼlim muassasalari rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi.
Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati