21 Iyun 2021 yil 494

Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar olib borilmoqda  

Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan ham o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlarini oldini olish maqsadida fuqarolar bilan keng qamrovli profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Xususan, savdo do‘konlari, qassobxonalar, dorixonalar hamda xo‘jalik mollari savdo do‘konlarining egalari bilan firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlarini kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar yuzasidan suhbatlar o‘tkazilib, ularning har biriga targ‘ibot bukletlari tarqatilmoqda.

Hozirda bu boradagi profilaktik va targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech