20 Aprel 2022 yil 379

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan Andijon tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlariga yechim topildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan respublika hududlarida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar o‘tkazish to‘g‘risida berilgan topshiriqqa asosan joriy yilning 19 aprel kuni Andijon tumani hokimligi hovlisida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Y.A.Abdulhaqov tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.  

Qabul jarayonida virtual va xalq qabulxonalariga murojaat qilgan hamda sayyor qabullar haqida ommaviy axborot vositalaridan va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topgan jami 19 nafar fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot tashkil qilindi.   

Sayyor qabulda fuqarolardan surishtiruv va tergov, ID karta olish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda boshqa turli masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Muammolarning 10 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 9 ta murojaatlarning ko‘rib chiqilishi nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech