2 Iyun 2023 yil 285

IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Andijon shahridagi harbiy qism shaxsiy tarkibidan psixologik test sinovlari olindi

Joriy yilning 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 21-apreldagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Andijon shahridagi 7255 harbiy qismda qo‘mondonlik psixologi mayor Bekzod Murodqobilov va qo‘mondonlik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish bo‘limi katta ofitseri mayor Doston Rajabovlar tomonidan shaxsiy tarkibdan psixologik test qabul qilinib, ularning psixologik portreti shakllantirildi.

Shuningdek shaxsiy tarkibni qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech