7 Iyul 2022 yil
417
“Intizom oyligi” doirasida Andijon viloyati IIB Transportda XTB xodimlari uchun psixologik trening tashkil etildi
Ichki ishlar vazirining 2022-yil 7-iyundagi 135-sonli Farmoyishiga asosan oʻtkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida Andijon viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun psixologik treninglar tashkil etildi.
Malakali mutaxassislar tomonidan psixologlar va xodimlar ishtirokida treninglar oʻtkazildi. Ushbu psixologik treninglar davomida barcha xodimlar birdek ishtirok etdilar.
Mazkur treningdan koʻzlangan asosiy maqsad ichki ishlar organlarida xodimlarning xizmat samaradorligi va sogʻlom ruhiy muhitni barqarorligini taʼminlashdan iborat.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati