“Intizom oyligi” doirasida Andijon viloyati IIBda xizmat olib borayotgan ayol xodimalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Intizom oyligi” doirasida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilayotgan shahodatlangan va ishchi-xizmatchi xodimalar bilan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyat tibbiyot bo‘limi shifokori N.Tillayeva, psixolog shifokor O.Axmadaliyevalar xodimalar va ishchi-xizmatchilar ishtirokida davra suhbati va psixologik trening o‘tkazildi. Uchrashuv davomida shifokor N.Ishanxanova ayollar bilan bog‘liq kasalliklarni erta oldini olish bo‘yicha maʼruza qildi.
Shu bilan birga Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli “Paxtaoy” MTT ishchi-xizmatchi xodimalari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishi hamda ish sharoitlarini o‘rganish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati