Izboskan tumani IIB 3-sektoridagi ichki ko‘chalar shag‘allashtirilmoqda
Izboskan tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari tashabbusi bilan kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarning muammolari borib o‘rganilib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Xususan, Botirobod MFY, Saxovat ko‘chasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Yuldasheva Ziyodaxonga homiylar tomonidan 300 ming so‘m pul mablag‘i berildi.
Shuningdek, Boymahalla MFY, Nafosat ko‘chasida yashovchi ehtiyojmand fuqarolar Umarov Orifjon hamda Xurboeva Odinaxonlarga esa homiylar ko‘magida oziq-ovkat mahsulotlari yetkazib berildi.
Bundan tashqari,Tinchlik MFYning ichki ko‘chalariga 10 ta yuk avtomashinasida shag‘al to‘kilib, 300 mert masofadagi yo‘llari shag‘allashtirildi.
Hozirda bu kabi xayrli ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati