Izboskan tumani IIBda joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 18-aprel kuni Izboskan tumani IIBda andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik J.M.Davronov raisligida o‘tgan birinchi chorak davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish, shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga qaratilgan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan majlisda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, jinoyatchilikka qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan ochish, qidiruvdagi jinoyatchilarni aniqlash ,fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, jangovar va jismoniy shayligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar, ushbu yo‘nalishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar muhokama qilinib, ularing hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi yuklatilgan majburiyatlarni namunali tarzda bajarib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib tadqirlandilar.
Hisobot yig‘ilishi yakunida ushbu yo‘nalishning mutasaddi rahbarlari va xodimlariga kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq va manzilli tarzda belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati