29 May 2021 yil 944

Izboskan tumanida Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 29 may kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev, Izboskan tumani Urganji MFYdagi 43-sonli o‘rta taʼlim maktabida o‘tkazilgan sayyor qabuli davomida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan  kelib  tushgan murojaatlarning aksariyati huquqbuzarliklar profilaktikasi, kadrlar bilan ishlash xizmati va  olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari masalasida bo‘ldi.

Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech