29 Oktyabr 2020 yil 1147

Ijtimoiy tarmoqlarda "Matiz" 201 km/s tezlikda harakatlangani uchun haydovchiga 2 mln so‘m jarima qog‘ozi kelibdi" sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan

2020 yilning 9 mart kunidan “Xavfsiz shahar” dasturi doirasida Andijon viloyati bo‘ylab 8 ta tezlik o‘lchovchi moslamalar qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etuvchi tizim  sifatida ishga tushirildi.

Ta'kidlash joizki, mazkur tizim, chet el tajribalardan kelib chiqqan holda joriy etilgan bo‘lib, ko‘p yillik sinovlardan o‘tkazilgan.

Mazkur tizim to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalar orqali qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etishga dasturlangan.

Tizim orqali qayd etilgan qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha javobgarlikka tortish, ko‘rib chiqish, qaror chiqarish va boshqa aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 171-, 3091-, 248, 304- va 307 moddalari bilan tartibga solingan.

Avtomatik tarzda aniqlangan qoidabuzarlik yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ma'muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi. Ya'ni, jarima solish to‘g‘risidagi qaror mulkdorning yashash xonadoniga pochta orqali yetkazib beriladi.

Avtomatlashtirilgan tizim o‘z nomi bilan qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etishga dasturlangan bo‘lib, texnik xatoga yo‘l qo‘yilish holatlari ham kuzatiladi. Aynan shu kabi holatlarda noto‘g‘ri belgilangan jarimalar MJtKning 271-moddasi bilan bekor qilinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2020 yil 14 oktyabr' kungi RA 20395549641 raqamli fuqaro X.Ovulovga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli 60 M 652 OA davlat raqam belgili avtomashinaga nisbatan belgilangan jarima solish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 271-modda 1-qismiga asosan bekor qilinganligini ma'lum qilamiz.

Tizim orqali qayd etilgan holatlar bo‘yicha yuzaga kelgan savollar bo‘yicha Andijon viloyati IIB YHXB yoki ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlarga murojaat etishingiz mumkin.

 

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech