29 Yanvar 2022 yil 880

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoxabar yuzasidan rasmiy maʼlumot

2022-yil 28-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarga «Shaxsan Po‘lat Bobojonovga!» sarlavhasi bilan videoxabar joylandi. Ushbu videoxabarga izoh sifatida Shahrixon tumanida PPS xodimi katta ko‘chada bir ayolni zo‘rlab avtomashinaga tiqqanligi, ayolning tan jarohati bo‘yicha shifokorlar xulosasi borligi aytilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Maʼlum bo‘lishicha, 2022-yil 28-yanvar kuni soat 14:40 larda Andijon viloyati IIB PPX va JTSB PPXB 2-tumanlararo haydovchi xodimi A.Xoshimov  Shahrixon shahar A.Temur ko‘chasida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan vaqtida, zargarlik  buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro Sh.Karimovaga bu joyda ushbu mahsulotlarni  sotmasligi tushintirilgan. Ammo shunga qaramay  fuqaro xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Shuningdek, xodimlar uni urayotganligini aytib, baqir-chaqir ko‘tarib,jamoat tartibini buzgan. 

Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-modda (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilishlik uchun sud organiga yuborilgan.

Ichki ishlar organi xodimining xatti-harakatlariga huquqiy baho berishlik uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech