"NOGIRON QIZIMNI ZO'RLAB TASHLADI XECH KIM QARAMADI" sarlavhasi bilan joylangan videomurojaat yuzasidan
2020 yil 30 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga "NOGIRON QIZIMNI ZO'RLAB TASHLADI XECH KIM QARAMADI" sarlavhasi bilan fuqaroning videomurojaati joylandi. Ushbu videomurojaatda aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, 2020 yil 26 sentyabr kuni Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro K.I tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida qo‘shnisi Yu.F voyaga yetmagan qizi M.A bilan 3-4 oydan buyon jinsiy aloqada bo‘lib, unga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar sodir etganligini ma'lum qilgan va Yu.F.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rib berishni so‘ragan.
Ushbu murojaat shu kuni Paxtaobod tumani IIB navbatchilik qismi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib,tuman tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Tergov harakatlari jarayonida sudga oid tibbiy,fizika-texnika va psixiatriya ekspertizalari o‘tkazilgan. Tekshiruv harakatlari yakuniga ko‘ra fuqaro Yu.F voyaga yetmagan M.A bilan 2018 yildan buyon, uning 16 yoshga to‘lmaganligini anglagan holda jinsiy aloqa qilib kelganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2020 yil 04 noyabr kuni fuqaro Yu.F.ga nisbatan O‘zbekisiton Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Jinoyat ishi bo‘yicha amalga oshirilgan dastlabki surishtiriv ishlari jarayonida fuqaro Yu.F.ning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘qligi o‘z isbotini topganligi sababli, 2020 yil 23 dekabr kuni ushbu jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi birinchi bandiga asosan harakatdan tugatilgan va manfaatdor taraflarga bu haqida xabarnoma yuborilgan. (Maʼlumot 2021 yil 21 yanvar kuni to‘ldirildi).
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
25.10.2020 yil kuni K.I.ning arizasi yuzasidan F.Yu.ning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmaganligi sababli, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.