6 Dekabr 2022 yil 370

Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan pirotexnika vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqaro aniqlandi

Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan joriy yilning 4-dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro A.D 100 dona qutidagi 6000 dona “BRITANIK” nomli hamda 6 dona “SOLOVEY RAZYOYNIK” nomli pirotexnika vositalarini Jalaquduq tumani hududida sotish maqsadida olib yurgan vaqtida ushlandi.

Ushbu pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida IIB ixtiyoriga olindi va holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech