21 Dekabr 2022 yil 454

Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan navbatdagi qimorxona fosh etildi

Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan joriy yilning 15-dekabr kuni soat 16:30 larda o‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida  shu tumanda  yashovchi U.B.ning yashash xonadonida  fuqarolar M.U, U.X va Q.Sh.lar o‘rtaga 5000 so‘mdan tashlab “Xulyus” o‘yinini o‘ynayotganligi aniqlandi.

Qimor o‘yinida o‘rtada bo‘lgan jami 290 ming so‘m pullar hamda 28 dona o‘yin kartasi xolislar ishtirokida tuman IIB ixtiyoriga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jalaquduq IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 .

Text to speech