19 Noyabr 2021 yil 492

Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan “Zarbdor 10 kun” profilaktik tadbiri doirasida o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida fohishaxona aniqlandi

Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan “Zarbdor10 kun” profilaktik tadbiri doirasida o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida, fuqaro R.T o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan S.A va A.Z.larni jinsiy aloqa qilishlari uchun yashash uyida sharoit yaratib, buning evaziga S.A.dan 200.000 so‘m miqdoridagi pullarni olganligi aniqlandi va 200.000 so‘m pullar daliliy ashyo sifatida bayonnoma orqali olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech