Marhamat tumanida YHXB xodimiga faol qarshilik ko‘rsatganlarga nisbatan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib olib borilmoqda
2021 yilning 11-12 may kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati, Marhamat tumanida o‘nlab haydovchilar radar kompleksi bilan jihozlangan “Nexia-3” avtomobilini o‘rab olib, ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatish holatlari aks etgan videotasvirlar tarqaldi. Mazkur holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Maʼlum bo‘lishicha, 2021 yil 11 may kuni soat 10:00larda Andijon viloyati IIB YHXB YPXB 3-safarbarlik guruhi inspektori safdor K.Jalilov Marhamat tumani, Navro‘z MFY Mustaqillik ko‘chasida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan vaqtida, shu hududda yashovchi fuqaro M.O boshqaruvida bo‘lgan “Mersedes bens-240” rusumli avtomashinasining davlat raqamini qog‘oz bilan berkitganligi uchun ushbu fuqarodan transport vositasining hujjatlari so‘ralganida uning yonida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i M.K YHXB xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, unga faol qarshilik ko‘rsatgan. Bu ham yetmagandek atrofiga bir guruh odamlarni to‘plab, janjal ko‘targan. Ushbu joyda bo‘lgan fuqarolar X.F va T.A.lar xam YHXB xodimining xizmat olib borishiga qarshilik qilishgan.
Ushbu holat 2021 yil 11 may kuni Marhamat tumani IIB navbatchilik qismidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, hozirda mazkur holat bo‘yicha Marhamat tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati