4 May 2022 yil 393

Marhamat tumanida “Gashish” giyohvandlik moddasini 2000 AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 28 aprel kuni Marhamat tumanida Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, shu tumanda yashovchi Sh.B. xolis xaridorga 169,5 gramm miqdoridagi “Gashish” moddasini 2000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Sh.B.ga nisbatan Marhamat tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, shu kuni Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida, Marhamat tumanida yashovchi Z.Sh.ning yoni tadbir ishtirokchilari guvohligida ko‘zdan kechirilganida sof og‘irligi 20,5 gramm hamda yashash xonadonidan og‘irligi 212 grammni tashkil etuvchi “Gashish” giyohvandlik moddalari tadbir ishtirokchilari tomonidan bayonnoma orqali olindi.

Mazkur holat yuzasidan Z.Sh.ga nisbatan Marhamat tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech