3 May 2023 yil 379

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan o‘quv seminari Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarining mahalla “beshlik” aʼzolari uchun ham tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriligi, Respublika Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining shu yil 30 mart kungi qo‘shma qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlari belgilandi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyatining Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlaridagi mahallalarning beshlik – MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, IIV akademiyasi katta o‘qituvchilari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish tartiblari tushuntirildi.

O‘quv seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech