4 May 2023 yil 484

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida o‘tkazilgan o‘quv seminarining so‘nggisi Paxtaobod tumanining mahalla “beshlik” aʼzolari uchun o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriligi, Respublika Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining shu yil 30-mart kungi qo‘shma qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlari belgilandi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi mahallalarning beshlik – MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, IIV akademiyasi katta o‘qituvchilari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish tartiblari tushuntirildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech