Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Hokimni orqa qilayotgan zo‘ravon guruhga chora ko‘riladimi?” sarlavhali video tasvirlar yuzasidan Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Andijon viloyati hokimining 25.08.2015 yilda 200-Q-sonli qarori bilan Andijon tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonlaridan 4,7 gektar yer maydoni ajratilib, ushbu yer maydonida “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ulgurji bozori”ni tashkil etilgan.
Viloyat hokimining qaroriga asosan tashkil etiladigan bozorning ustav jamg‘armasida shahar hokimligining ulushi 51 foizdan kam bo‘lmagan xolda shakllantirilishi belgilangan.
Shuningdek, ushbu qaror bilan viloyat moliya boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshliqlariga bozordan tushadigan oylik daromadlar monitoring asosida belgilab borishi yuklatilgan.
Mazkur qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon shahar hokimining 02.09.2015 yildagi 575-Q sonli qarori qabul qilinib, ushbu bozorning manzili Andijon shahri Yorboshi ko‘chasi 4-manzil etib belgilanib, shahar soliq inspeksiyasi va moliya bo‘limi boshliqlariga bozordan tushadigan yig‘imlarni oylik daromadlar rejasini bajarilishini nazoratga olish belgilangan.
Bozor hududida turg‘un savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, maʼmuriy bino, omborxona va boshqa zarur bo‘lgan bino inshootlarni qurish uchun 22.08.2018 yilda shahar hokimining 169-K sonli qarori bilan Andijon shahar “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ulgurji bozori” MCHJga, shuningdek, 06.04.2018 yildagi 402-K sonli qarori bilan “NBU BUNYODKOR INVEST” bozor qurish direksiyaga yuklatilgan. Biroq har ikkala qurilish tashkilotlari yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi uchun qurilish ishlarini olib bormagan.
Andijon shahrida joylashgan “Hamkor Trans Baraka” MCHJ rahbari X.Nizomovning 17.08.2018 yildagi 60-sonli shahar hokimligiga “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ulgurji bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga biriktirilgan 4,7 ga yer maydonida bino-inshootlarni qurib bitkazilganidan so‘ng yer maydonini bozor tasarrufida qolishi haqida”gi “Kafolat xati” yo‘llagan.
Andijon shahar hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish va realizatsiya qilish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya tomonidan “Hamkor Trans Baraka” MCHJning shahar hokimligiga yo‘llagan “Kafolat xati” ni inobatga olib, kelgusida bozor hududida qurilish ishlarini olib borish uchun “Hamkor Trans Baraka” MCHJga topshirilishi haqida dalolatnoma tuzilib, dalolatnomada “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” qurishga hamda loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashga ruxsat berilishi haqidagi taklifiga ijobiy xulosa berilgan.
Mazkur dalolatnomaga asosan shahar hokimi tomonidan 25.08.2018 yildagi 918-K sonli qarori qabul qilinib, qarorda bozor hududida qurilish ishlarini olib borish “Hamkor Trans Baraka” MCHJga topshirilgan va ushbu MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilgan. “Hamkor Trans Baraka” MCHJ tomonidan qurilgan bino inshootlar "Andijon shahar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Nizomiga ko‘ra jamiyat ustav fondiga kiritilmagan.
“Andijon shahar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Nizomiga ko‘ra jamiyat ustav fondi 899.868.062 so‘m miqdorida belgilangan va taʼsischilar o‘rtasida yaʼni, Andijon shahar hokimligi ulushi 21.09.2015 yildagi “Conex Express Servis” MCHJ tomonidan yerdan foydalanish huquqini baholash hisobotiga asosan 634.868.062 so‘m (70.5 foiz), “Andijon viloyat bozorlari va savdo komplekslari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi viloyatdagi jami 19 ta bozorlar va savdo komplekslari 265.000.000 so‘m (29.5 foiz) miqdordagi ulushlari shakllantirilgan va 23.09.2015 yilda Andijon viloyati Adliya boshqarmasidan 70-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan.
Andijon shahar hokimining 25.08.2018 yildagi “Hamkor trans baraka” masʼuliyati cheklangan jamiyati Andijon shahar Aylanma Halqa yo‘li bo‘yi Yorboshi ko‘chasi 4-manzilda joylashgan yer maydonlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan savdo qiluvchi turg‘un savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanish shahobchalari, maʼmuriy bino, omborxonalar, sovutgich omborxonalari va yordamchi bino-inshootlar bo‘lgan individual loyihalar asosida doimiy foydalanish huquqi bilan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” qurishga hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlashga ruxsat berish to‘g‘risida”gi 918-K sonli qarori qabul qilingan.
Bozor hududida qurib bitkazilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqi va 4,7 ga yer maydoniga nisbatan doimiy foydalanish huquqi 07.11.2019 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berilgan bo‘lib ushbu qarordagi doimiy foydalanish huquqi jumlasi asossiz ravishda kiritilganligi sababli ulgurji bozor to‘laligicha “Hamkor trans baraka” MCHJning mulki deb eʼtirof etilish holati viloyat hokimining 25.08.2015 yildagi 200-Q sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 12.05.2017 yildagi 282-sonli hamda qarori talablariga zid kiritilgan.
“Hamkor Trans baraka” MCHJga yer maydonlarini ajratishda Yer kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga rioya etilmagan.
Mazkur 918-K sonli qarorini qonunga muvofiqlashtirish maqsadida Andijon shahar hokimining 22.07.2020 yil kungi 330-K sonli qarori qabul qilingan. Biroq “Hamkor Trans baraka” MCHJning ushbu qarordan norozi bo‘lib yozgan shikoyati Buloqboshi tuman maʼmuriy sudining 22.10.2020 yil kungi hal qiluv qarorida shikoyat rad etilgan va Andijon viloyat Maʼmuriy sudi appelyatsiya instansiyasining 04.12.2020 yil kungi qaroriga asosan Buloqboshi tuman maʼmuriy sudining 22.10.2020 yil kungi hal qiluv qarori va Andijon shahar hokimining 22.07.2020 yil kungi 330-K sonli qarori “O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni asosida qabul qilinmaganligi sababli bekor qilinib, Andijon shahar hokimligiga xususiy ajrim chiqarilgan.
Andijon shahar hokimligi tomonidan 12.01.2021 yildagi O‘zbekiston Respublikasi “Maʼmuriy tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Andijon shahar hokimining 15.01.2021 yil kungi 12-K sonli qarori qabul qilingan va Andijon shahar hokimining 25.08.2018 yil kungi 918-K sonli qarori qonunga muvofiqlashtirilgan.
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-son qarorining 3-bandida bozorlarning hududida yer uchastkalarini ajratib berilishiga, shuningdek, bozorga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini jismoniy va yuridik shaxslarga mulk qilib topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Biroq, Andijon shahar hokimining 25.08.2018 yildagi 918-K sonli qarori vakolatsiz hamda davlat ulushi saqlab qolinmagan tarzda qabul qilinib, 4.7 ga yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan “Hamkor Trans baraka” MCHJga berib yuborilgan.
Shuningdek, andijon shahar hokimining 25.08.2018 yildagi 918-K sonli qarori qabul qilingan va 6-banddan iborat bo‘lib, kadastr filiallariga topshiriq berilmagan aksincha, 4-bandida yaʼni, “Mazkur qurilish obyektida belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, shuningdek shaharsozlik to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan Davlat nazorati “Shaharsozlik kodeksi”ning 21-moddasi tartibida shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi zimmasiga yuklatilsin” deb qatʼiy belgilanib, kadastr hujjatlari tayyorlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsada kadastr filiali tomonidan asossiz ravishda kadastr hujjatlari tayyorlangan.
“Hamkor trans baraka” MCHJ tomonidan 2020 yil may oyida Andijon tumanlararo Iqtisodiy sudiga murojaat qilib, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” MCHJni o‘z hududidan majburiy tartibda ko‘chirish haqida ariza bilan murojaat etgan.
09.07.2020 yil kungi sudning hal qiluv qaroriga asosan sudya U.Qurbonova tomonidan daʼvo qanoatlantirilgan va “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” MCHJ o‘z hududidan yaʼni bino va inshoot va yer maydonidan majburiy tartibda ko‘chirish belgilangan.
09.09.2020 yil kungi apellyatsiya instansiyasining qaroriga asosan 1-instansiyaning hal qiluv qarorining xulosa qismining 3-xatboshisidagi “Yer maydonidan va” jumlasi chiqarib tashlangan hamda Oliy sudning 28.12.2020 yil kungi qaroriga asosan apellyatsiya instansiyasi sudining qarori o‘z kuchida qolgan.
Mazkur holat bo‘yicha Sud ijrochilari tomonidan oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi Qonunning 31-moddasiga asosan ijro hujjati ijrosi yuzasidan tushuntirish berish so‘rab sudga murojaat etgan va sudya U.Qurbonovaning 13.10.2020 yil kungi Ajrimi bilan Qonunning 31-moddasi talablariga zid ravishda daʼvo talabidan chetga chiqib, yer maydonidan chiqarish haqida noto‘g‘ri to‘xtamga kelgan.
Ushbu holat yuzasidan yaʼni 13.10.2020 yil kungi Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining Ajrimi ustidan apellyatsiya instansiyasida ariza shikoyati keltirilib, apellyatsiya instansiyasining 10.03.2021 yil kungi qarorida go‘yoki Ajrim o‘zgartirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lib, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” MCHJ yaʼni bino-inshootlar hududidan chiqarishlik belgilangan.
Shunga ko‘ra hozirda mazkur sudning qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2010 yil kungi PK 1326-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2853-sonli va 253-sonli qarorlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati