Oltinko‘l tumani IIB JTSB va DXX tuman bo‘linmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish targ‘ibot ishlari natijasida ov qurolining ixtiyoriy ravishda topshirilishiga erishildi
"Zarbdor oyligi" doirasida 2021 yil 11 mart kuni Oltinko‘l tumani IIB JTSB va DXX tuman bo‘linmasi xodimlari hamkorligida tumanning Ijtimoyat MFYda yashovchi fuqaro Qurchiyev Abdujalil Abdumannopovich bilan olib borilgan tezkor-profilaktik suhbat natijasida, u tomonidan ov qurolining ixtiyoriy ravishda topshirilishiga erishildi.
Ushbu fuqaro marhum otasidan qolgan 1956 yilda Rossiya Federatsiyaning Ijevsk shahrida ishlab chiqarilgan, 1 quvurli, IJ-17 rusumli, 16 kalibrli ov miltig‘ini o‘z ixtiyori bilan tuman IIBga topshirdi.
Shu o‘rinda ov qurollari saqlanishi tartib-qoidalarini yaxshi tushungan fuqarolarimiz qonunga rioya qilib, o‘z xohishlari bilan o‘qotar qurollarni davlat egaligiga topshirayotganligini ham alohida taʼkidlab o‘tishni o‘rinli deb bilamiz. Har bir yurtdoshimiz o‘z uyida noqonuniy tarzda ov quroli saqlanayotgan bo‘lsa, uni ichki ishlar idorasida ro‘yxatdan o‘tkazishi zarurligini unutmasligi kerak! Zero, qonunga rioya qilish, ehtiyotkorlik bir qancha ko‘ngilsizliklarning oldini oladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati