“Oltinko‘l tumani, Oqtepa qishlog‘i, yo‘lni bo‘yida FURA og‘anab ketdi” sarlavhasi bilan tarqalgan videotasvir yuzasidan maʼlumot
Joriy yilning 4 fevral kuni soat 08:00larda, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Oqtepa qishlog‘i hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lining 130-kilometrida, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan R.T. “Volvo” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, charchoq sabab uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib avtomobil pastlikka ag‘darilgan. Ushbu noxush holat vaqtida fuqaro N.U.ga tegishli bo‘lgan 7-xonadonning tunukadan yasalgan devor qismiga zarar yetgan.
Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan charchoq holatida avtotransport vositasini boshqarmasliglarini, belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati