9 Avgust 2022 yil 445

Oltinkoʻl tumanida oʻz uyida nasha yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Oltinkoʻl tumani hududida “Qora dori-2022” tezkor tadbirlari oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida giyohvand moddalarni saqlash va isteʼmol qilishda gumonlangan Oltinkoʻl tumani fuqarosi Yu.Rning yashash uyi koʻzdan kechirilganida 6 tup nasha oʻsimligini parvarishlayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinkoʻl tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech