O‘quv yig‘iniga jamlangan profilaktika inspektorlari uchun seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 8-mart kungi tegishli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida 7255 harbiy qismda o‘quv yig‘iniga jamlangan profilaktika inspektorlariga “Yuzaga kelgan turli xil stress vaziyatlarda o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik omillari. Fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish usullari” mavzusida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminar-trening Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati va Andijon davlat universiteti psixologi Muxtorov Otabek Shuxratjonovichlar tomonidan qiziqarli tarzida o‘tkazildi.
Xususan, seminar-treningda ishtirokchilarni yana-da qiziqtirish va jalb etish, ularning kayfiyatini ko‘tarish, o‘zlarini erkin his qilishlari, ular o‘rtasidagi hayajonini yo‘qotishga, stressogen vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha turli holatlarda va vaqtlarda o‘zini boshqarishni tashkil etish hamda o‘zlari haqidagi ijobiy va salbiy sifatlarini savol-javoblar orqali bilish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga “Jamoada sog‘lom maʼnaviy-ruhiy muhitni shakllantirish” borasida davra suhbati o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida ruhiy yengillashtirish mashg‘ulotlari olib borildi.
Bundan tashqari, xodimlarda uchraydigan agressiya, stress, depressiya, xavotirlanish holatlarining zararli oqibatlari xususida xodimlar ongiga qiziqarli tarzda tushuntirilib, ularning xarakter tipini ochib beruvchi psixologik tetslar natijalari shu joyning o‘zida ularga eʼlon qilindi.
Mashg‘ulot yakunida xodimlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan atroflicha javoblar berib o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati