19 Yanvar 2021 yil 947

"Otam meni 9-sinfdaligimdan beri zo‘rlab keladi " sarlavhasi bilan joylangan videomurojaat yuzasidan  

2021 yil 18 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarga "Otam meni 9-sinfdaligimdan beri zo‘rlab keladi" sarlavhasi bilan videomurojaat joylandi.

Aniqlanishiga, Xo‘jaobod tumani Chimbuloq MFYda yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan Yo.R  2021 yil 18 yanvar kuni internetning, “You tube” ijtimoiy tarmog‘ining “Sirojiddin media” kanaliga murojaat qilib, 1976 yilda tug‘ilgan otasi T.A tomonidan 9-sinfda o‘qib yurgan vaqtlarida birinchi marta zo‘rlanganligini va bunday holat bir necha bor bo‘lganligini bildirgan.

Mazkur holat Xo‘jaobod tuman IIB navbatchilik qismida mavjud bo‘lgan jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni qayd qilish to‘g‘risidagi jurnalidan 19.01.2021 yil kuni  №19-son bilan qayd etildi.

Holat yuzasidan Xo‘jaobod tuman IIB tergov-tezkor guruhi aʼzolari tomonidan hodisa sodir bo‘lgan Chimbuloq MFY Chigito‘ra ko‘chasi 73-uy ko‘zdan kechirildi.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan ashyoviy dalillar yuzasidan sudga oid biologik hamda fizika-texnika ekspertizalari tayinlandi. Shuningdek, T.A.ning tanasida tan jarohatlari bor-yo‘qligi hamda uni jinsiy aloqa qilish layoqatiga qodir ekanligini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Fuqaro Yo.R.ning otasi T.A hamda o‘gay onasi M.I.lardan tushuntirish xatlari olingan vaqtda qiziga nisbatan hech qanday buzuq harakatlar bo‘lmaganligini bildirishgan.

Bundan tashqari, fuqaro Yo.R  ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holatdan MFY raisi, uning maslahatchisi hamda profilaktika inspektorlari ham xabardorligini maʼlum qilgan bo‘lsa-da, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro Yo.R yuqoridagi holat yuzasidan ushbu MFY raisi va uning maslahatchisi hamda profilaktika inspektorlariga umuman murojaat qilmaganligi aniqlangan.

Fuqaro Yo.R. 2021 yilning 18 yanvar kuni o‘zining yashash xonadonidan nomaʼlum tomonga chiqib ketganligi sababli tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida undan tushuntirish xati olishning imkoni bo‘lmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech