6 Yanvar 2021 yil 833

Paxtaobod tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimlari tomonidan qoramol o‘g‘risi fosh etildi

Paxtaobod tumani Soy MFYda yashovchi fuqaro M.K tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 3 yanvar kuni soat 05:00 dan 07:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs yashash uyining orqa ochiq darchasi orqali kirib, molxonasidan , bir bosh qoramolini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Paxtaobod tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida nomaʼlum shaxs aniqlanib ushlandi. Ushbu o‘g‘irlikni sodir etgan fuqaro M.A bo‘lib chiqdi. Undan ashyoviy dalil sifatida bir bosh qoramol olindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 04 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda barcha fuqarolardan “O‘z mulkingni o‘zing asra” degan hayotiy naqlga amal qilgan xolda hamisha hushyor va ogoh  bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech