Paxtaobod tumani sektor rahbarlari tomonidan bozorlarda narx-navoning sun'iy ravishda oshib ketishini oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Pandemiya davrida aholini arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'milash kunning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Ayniqsa go‘sht va parranda mahsulotlari narhining sun'iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etib borish muhim masalalar qatoriga kiritilgan.
Shu bois, Paxtaobod tumani sektor rahbarlari Markaziy Dehqon bozorida parranda va parranda mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdosini tashkil etish uchun maxsus rastalardagi narh-navo bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganishlar natijasida bu yerda tuhum 800 so‘m, parranda go‘shti 16 ming so‘m va mol go‘shti 48 ming so‘mdan sotilayotgani ma'lum bo‘ldi. Mutasaddilarga bozorda narx-navoning sun'iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olish bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati