Paxtaobod tumanida Andijon viloyati 3-sektorining sayyor qabuli o‘tkazildi
Paxtaobod tumani IIB binosida tashkil etilgan sayyor qabulni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.I.Fayzullayev o‘tkazdi.
Qabulda 37 ta turli masaladagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Xususan, Ish bilan taʼminlash, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlarning 24 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan 13 tasi tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati