12 Avgust 2022 yil
395
Paxtaobod tumani IIB xodimlari ham “Vatanparvarlik oyligi”da faol ishtirok etmoqdalar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga muvofiq Ichki ishlar organlari tizimida 1- avgustdan 1- sentyabrgacha “Vatanparvarlik oyligi” oʻtkazilishi belgilab berilgan.
Shu munosabat bilan tuman Ichki ishlar boʻlimi hamda Paxtaobod tuman Oʻquv sport texnika klubi hamkorligida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar oʻq otish boʻyicha oʻz mahoratlarini oshirib, bu boradagi tajribalarini boyitishga muvaffaq boʻldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati