11 Avgust 2022 yil
411
Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazildi
Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi hisobidagi tibbiyot muassasalari “D” nazorati ostida turuvchi shaxslar bilan “Intilish” NNT Andijon viloyati boʻyicha vakillari bilan hamkorlikda tibbiy koʻrik tashkillashtirilib, ularni profilaktika qilish, tibbiy maslahat berish hamda davolanishlari uchun yoʻllanmalar berildi.
Oʻtkazilgan tadbirdan asosiy maqsad probatsiya hisobidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, kasbga oʻqitish hamda ishga joylashtirishdan iborat.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati