29 May 2023 yil 762

Qidiruvdagi shaxs qo‘lga tushdi

Andijon viloyat IIB JXX JTSB xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib,  Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan I.A.ni qo‘lga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, “102” va quyidagi telefon raqamlariga 74.225-33-40, 74.225-10-45  zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilib xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech