12 Sentyabr 2020 yil 64

Qo‘rg‘ontepa tumani IIB 3-sektorida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Qo‘rg‘ontepa tuman IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari D.Ixvoldinov sektor hududidagi 25 va 40-umumiy o‘rta ta'lim maktablarining yangi 2020-2021 o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Qo‘rg‘ontepa tumani XTBga qarashli 25-umumta'lim maktabi direktori Xudayarova Inobatxonning ta'lim muassasasida izolyator xonasi qurib berishni so‘rab qilgan murojaati  shu kunning o‘zida hal etilib, qurilish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, doimiy ish bilan ta'minlanishini so‘rab murojaat qilgan fuqaro Qodirova Nafisaxon tumandagi 26-mumta'lim maktabiga ishga joylashtirildi.

Bundan tashqari mayishiy xizmat ko‘rsatish maskani faoliyatini yo‘lga qo‘yish  istagini bildirgan fuqaro Ergashev Chingizga mahalla hududidagi Veterinariya punkti binosining bo‘sh turgan qismidan xona ajratilib,foydalanish uchun berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech