Qo‘rg‘ontepa tumani IIBda joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-iyul kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.I.Fayzullayev raisligida, Qo‘rg‘ontepa tumani IIBda 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yib, jinoyatni o‘sishiga sharoit yaratib bergan omillar o‘rganilib, bu borada ichki ishlar bo‘limining faoliyati chuqur tanqidiy tahlil qilindi.
Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi yuklatilgan majburiyatlarni namunali tarzda bajarib kelayotgan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi.
Yig‘ilish so‘ngida ichki ishlar bo‘limi xodimlariga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida aniq chora-tadbir belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati