15 Iyul 2022 yil
500
Shahrixon tumani IIB boshligʻi yoshlar bilan uchrashdi
Shahrixon tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari A.Islamov tumanning “Saroy” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 58-IDUMda mazkur hududdagi mahallalar yoshlari vakillari bilan uchrashdi.
Unda ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga jalb qilish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish masalalari koʻrildi. Uchrashuvda sektor rahbari tomonidan yoshlarning muammo, taklif-mulohazalari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati