14 Dekabr 2021 yil 284

Shahrixon tumani IIB hamda boshqa huquq-tartibot organlarining  hamkorligida 7 xil turdagi pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Shahrixon tumani IIB TvaEQKB, JQB hamda DXX tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tadbir davomida Farg‘ona viloyatida yashovchi T.A o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan I.A.ning boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinada 7 xil turdagi “9D 9-19”, “Panda 6-16”, “Koroleviskiy salyut ” deb nomlangan jami 43 qutida, shuningdek, “Koroleviskiy salyut 8 talik” hamda “Noviy bek x090” nomli jami 225 dona pirotexnika vositalarini Shahrixon tumaniga olib kelib sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech