23 Dekabr 2020 yil 784

Shahrixon tumani IIB hamda davlat soliq inspeksiyasi xodimlari  hamkorligida pirotexnika vositalarining savdosiga chek qo‘yildi

Shahrixon tumani IIB hamda davlat soliq inspeksiyasi xodimlari  hamkorligida pirotexnika vositalarining oldi-sottisi bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida tuman markazida tezkor nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida shu tumanda yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro A.Sh xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 14 million 390 ming so‘mlik 86 ming 340 dona pirotexnika vositasini sotayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirilib, pirotexnika buyumlari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech