21 May 2025 yil 2914

TASHQI REKLAMA OBYEKTLARINI QURISH HUQUQI OCHIQ AUKSION SHAKLIDA SOTUVGA CHIQARILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida:

Tadbirkorlar uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) onlayn tarzda avtomatlashtirilgan tizimda auksionlarga chiqarilmoqda. Bu ortiqcha ovoragarchiliklarsiz inson omili aralashmagan holatda savdolar o‘tkazilishi imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu jarayonning qulayliklaridan yana biri tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun reklama joyining pasporti hamda ularni o‘rnatish uchun shartnomalar ommaviy oferta shaklida «E-auksion» elektron savdo platformasining yagona elektron savdo maydonchasida auksion g‘olibiga avtomatik tarzda beriladi.

Azizbek Xusanov, “Yelektron-onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ Andijon viloyati hududiy vakili

Text to speech