2 Noyabr 2022 yil 265

Talabalar Andijon viloyati IIB EKM faoliyati bilan tanishdilar

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti yurisprudensiyataʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 2-kurs talabalari ishtirokida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuridik faoliyati va ish faoliyatlari bilan tanishuv amaliyoti yuzasidan Andijon viloyati IIBga tashrifi davomida ekspert-kriminalistika markazi bilan yaqindan tanishdilar.

Ularga mutaxassis ekspert-kriminalistlar tomonidan EKMning 7 ta ananaviy turi bo‘yicha tushunchalar berildi. Xar bir berilgan tushunchalar amaliy hamda nazariy tartibda tushuntirildi. Talabal esa o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan savollarga mutaxassislardan kerakli javoblarni oldilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech