3 Yanvar 2023 yil 249

Targ‘ibot avtokarvoni ogohlikka chorlaydi

Andijon viloyati IIB JXX YXXB xodimlari tomonidan viloyat hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, viloyatning barcha shahar va tumanlarida 27 ta uchrashuvlar tashkil etilib, haydovchilarga jami 1400 ta yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlik yuzasidan ogohlantiruvchi eslatmalar va bukletlar tarqatildi.

Hozirda bu kabi profilaktik targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech