16 Mart 2021 yil 567

“Tozalash-Antiterror” maxsus profilaktik tadbiri  doirasida olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida fuqaro ov qurolini ixtiyoriy ravishda topshirdi                                                          

2021 yil 12 mart kuni Qo‘rg‘ontepa tumani hududida “Tozalash-Antiterror” maxsus profilaktik tadbiri doirasida bir nafar fuqaro tomonidan ov qurolining ixtiyoriy ravishda topshirilishiga erishildi.

Xususan, IIB xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida tumanning Dexqonobod MFYda yashovchi  fuqaro Shermatov Baxodirjon Rustamovich   yashash uyining yerto‘lasidan, marhum otasidan qolgan 1 dona IJ rusumli, 1 stvolli, 32 kalibrli, № I 29515 raqamli, 1961 yilda ishlab chiqarilgan ov qurolini topib olib, o‘z ixtiyori bilan ichki ishlar bo‘limiga topshirgan.

Shu o‘rinda ov qurollari saqlanishi tartib-qoidalarini yaxshi tushungan fuqarolarimiz qonunga rioya qilib, o‘z xohishlari bilan o‘qotar qurollarni davlat egaligiga topshirayotganligini ham alohida taʼkidlab o‘tishni o‘rinli deb bilamiz. Har bir yurtdoshimiz o‘z uyida noqonuniy tarzda ov quroli saqlanayotgan bo‘lsa, uni ichki ishlar idorasida ro‘yxatdan o‘tkazishi zarurligini unutmasligi kerak! Zero, qonunga rioya qilish, ehtiyotkorlik bir qancha ko‘ngilsizliklarning oldini oladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech