11 Iyul 2022 yil
436
Ulugʻnor tumanida 3-sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Ulugʻnor tumani 3-sektor hududlarida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda tuman IIB boshligʻi B.Shermatov hamda tumanda faoliyat olib borayotgan tashkilot rahbarlari tomonidan yoshlarning muammo va takliflari tinglandi.
Yoshlar tomonidan asosan kredit olish tadbirkorlikni boshlash va bir qator sohalarda murojaatlar kelib tushdi. Ularning aksariyat murojaatlari joyida hal etildi, ayrim muddat talab etiladigan masalalar tegishli tartibda roʻyxatga olinib masʼul tashkilotlarga ijrosi uchun yoʻnaltirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati